Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 5-son (2025) · 33–37-betlar
O’ZBEKISTON VA QOZOG’ISTON O’RTASIDA IQTISODIY MUNOSABATLAR
Tangirova, Nurjahon
DOI: 10.5281/zenodo.15354433 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar mustaqillik davri, ya’ni 1991–2025-yillar oralig‘ida yoritilgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ikki davlat o‘zaro savdo, transport, energetika va investitsiya sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Maqolada 1990-yillar oxirida va 2000-yillar boshlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, shuningdek, ikki tomonlama kelishuvlar, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim bitimlar tahlil qilinadi. Shuningdek, 2010-yildan so‘ng Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlari kuchayishi, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo hajmining ortishi va yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilgani haqida so‘z yuritiladi. Maqola zamonaviy davrda, xususan, 2016-yildan keyingi O‘zbekistondagi ochiq tashqi siyosat va iqtisodiy islohotlar fonida, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilgani va o‘zaro strategik sheriklik darajasiga yetgani haqida ham ma’lumot beradi. Tadqiqot tarixiy faktlar, rasmiy statistik ma’lumotlar va ikki tomonlama hujjatlar asosida olib borilgan.
O’zbekiston, Qozog'iston, iqtisodiy munosabatlar, mustaqillik davri, savdo aloqalari, investitsiya hamkorligi, transport tarmog'i, energetika loyihalari, Markaziy Osiyo integratsiyasi, strategik sheriklik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.