Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 5-son (2025) · 179–183-betlar

NUTQ USLUBLARI VA ILMIY USLUBGA XOS XUSUSIYATLAR

Aralova, Madina

DOI: 10.5281/zenodo.15396032 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada nutq uslublari va ilmiy uslubga xos xususiyatlar keng qamrovli tarzda tahlil qilingan. Nutq uslubi odamlarning o’z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, g‘oyalarini va bilimlarini ifodalashdagi til vositasi sifatida turli holatlarda va vaziyatlarda qanday ishlatilishini ko‘rsatadi. Maqolada rasmiy, norasmiy, ommaviy, adabiy va ilmiy uslublar haqida to’liq tushuncha berilgan. Ilmiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari, uning aniq, ravshan va ob'ektiv bo’lishi zarurligi, mantiqiy tuzilish va maxsus ilmiy terminologiyaning ahamiyati alohida ta'kidlangan. Shuningdek, ilmiy uslubning boshqa nutq uslublaridan farqlari va o’xshashliklari ham muhokama qilingan. Maqola ilmiy ishlarda samarali nutq uslubidan foydalanish, ilmiy tahlil va tadqiqotlarni to’g’ri yozish va taqdim etishning ahamiyatini anglatadi

Maqolada ilmiy uslubning xususiyatlari, uning boshqa nutq uslublaridan farqlari, va ilmiy ishlarni yozishda qanday qilib to‘g‘ri uslubdan foydalanish haqida so‘z yuritiladi. Ilmiy uslub nafaqat ilmiy tadqiqotlar va maqolalar uchun, balki har qanday sohada ilmiy fikrlarni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Bu uslubda o‘ziga xos terminologiya, aniq ma'lumotlar va mantiqiy tahlil asosida natijalar keltiriladi. Shuningdek, ilmiy uslubda ishlatiladigan tilning qat'iyligi, ob'ektivligi va izchilligi ilmiy ishning sifatini belgilaydi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.