Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 5-son (2025) · 63–69-betlar
ABUL MUIN NASAFIY ASARLARIDA RADDIYA BERISH USLUBLARI
Fozilova, Mohinabonu
Annotatsiya
Ushbu maqolada atoqli moturidiylik ta’limoti olimi Abul Muin Nasafiy qalamiga mansub asarlarda, xususan “Tabsiratul adilla” va “Bahrul kalom” nomli risolalarida keltirilgan raddiya uslublari tahlil qilinadi. Muallifning kalom ilmida bid’at ahliga, g‘ayri islomiy falsafiy maktablarga va turli noan’anaviy oqimlarga nisbatan tutgan pozitsiyasi, raddiya qilishda foydalanilgan dalillari (aqliy va naqliy asoslari) ilmiy asosda tahlil etiladi. Uning raddiya berishdagi mulohazakorlik bilan yondashgani, ammo ilmiy qat’iyatni saqlagan holda ularga e’tiroz bildirgani yoritib beriladi. Maqolada Nasafiy asarlaridagi uning o‘ziga xos jumlalari, so‘z o‘yinlari, daliliy tazkiyalari va radddiyaviy uslublaridan namunalari berilib, ularning bugungi teologik bahslar uchun dolzarbligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Abul Muin Nasafiy, ilmi kalom, radiya uslubi, ilohiy sifatlar, bid'at ahli, Tabsiratul adilla, Bahrul kalom, moturidiylik, dalillash, aqidaparastlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.