Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 5-son (2025) · 125–129-betlar
DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING IQTISODIYOTDAGI ROLI (ADABIYOTLAR SHARHI)
Mirxodjayeva, Najibaxon
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola "Differensial tenglamalarning iqtisodiyotdagi roli" mavzusida yozilgan bo'lib, differensial tenglamalarning iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdagi ahamiyatini o'rganadi. Maqolada differensial tenglamalar yordamida ishlab chiqarish, talab va taklif o'zgarishlari kabi dinamik iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qilinadi. Maqola Harrod-Domar va Solow o'sish modellari kabi dinamik iqtisodiy modellarni ko'rib chiqadi hamda iqtisodiy tahlil va prognozlashda differensial tenglamalarning qo'llanilishini ta'kidlaydi. Shuningdek, mavjud tadqiqotlar orqali differensial tenglamalarning iqtisodiyotdagi roli va ularning samaradorligi haqida ma'lumotlar keltiriladi.
differensial tenglamalar, iqtisodiyot, dinamik jarayonlar, ishlab chiqarish funksiyalari, talab va taklif, iqtisodiy modellar, harrod-domar modeli, solow o'sish modeli, iqtisodiy tahlil, prognozlash, iqtisodiy ko'rsatkichlar, tadqiqotlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.