Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 5-son (2025) · 130–138-betlar

O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA YEVROBONDLARDAN FOYDALANISHNING HOLATI VA ULAR ORQALI KAPITALNI JALB QILISHNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLARI

Minnurov, Bunyod

DOI: 10.70413/cajar-v03-i05-p2-029 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida yevrobondlardan foydalanishning amaldagi holati tahlil qilinadi. Yevrobondlar — bu xalqaro moliya bozorlari orqali kapital jalb qilishning muhim vositalaridan biri bo‘lib, banklar uchun uzoq muddatli, past foizli va diversifikatsiyalangan moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Annotatsiyada yevrobondlar orqali kapital jalb qilishning afzalliklari, xususan, xalqaro investorlarga chiqish, kredit reytingining oshishi, bank likvidligini mustahkamlash kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, bu jarayondagi muammolar — tartibga solishdagi cheklovlar, bozor ishtirokchilarining ehtiyotkorligi, va yuqori tranzaksiya xarajatlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqotda banklar tomonidan yevrobond chiqarish tajribalari asosida ularning iqtisodiy samaradorligi baholanadi hamda kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar tavsiya etiladi..

yevroobligatsiyalar, tijorat banklari, kapital jalb qilish, xalqaro moliya bozori, investitsiya, likvidlik, moliyaviy barqarorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.