Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 5-son (2025) · 20–24-betlar
YUQUMLI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING PSIXO-EMOTSIONAL XUSUSIYATLARI
Narmetova, Yulduz, Vaxobova, Muslima
DOI: 10.70413/cajar-v03-i05-p5-003 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarning psixo-emotsional holatlari va ularning xulq-atvoriga ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Kasallikning o‘zi bilan bir qatorda, bemorning ruhan tushkunlikka tushishi, ijtimoiy chetlanish, stigma, xavotir va depressiv holatlar kabi psixologik holatlari umumiy sog‘ayish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Tadqiqot davomida OIV/OITS, sil, COVID-19, gepatit, teri yuqumli kasalliklari kabi infektsion holatlar psixologik misollar bilan yoritilib, har bir holatga mos psixoterapevtik yondashuvlar (kognitiv–xulq-atvor terapiyasi, guruh terapiyasi, oilaviy psixoterapiya) va zarur psixofarmakologik davolash usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada psixologik yondashuvlarning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda nechog‘lik muhim omil ekani asoslab berilgan. Yakuniy xulosa sifatida, har bir yuqumli kasallikda faqat biologik emas, balki psixososial yondashuv ham muhim o‘rin tutishi ta’kidlanadi.
yuqumli kasalliklar, psixo-emotsional holat, depressiya, stigma, psixoterapiya, kognitiv–xulq-atvor terapiyasi, guruh terapiyasi, psixofarmakologiya, bemor xulqi, ruhiy qo‘llab-quvvatlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.