Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 6-son (2025) · 15–17-betlar

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING JAMIYATDAGI AHAMIYATI

Narmetova, Yulduzxan, Normamatov, Shaxboz

DOI: 10.5281/zenodo.15632288 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ishda ijtimoiy psixologiya fanining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Ijtimoiy psixologiya insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, guruhdagi xatti-harakatlar, shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi kabi jarayonlarni o‘rganadi. Mazkur fan nafaqat psixologik bilimlar, balki sotsiologik va madaniy omillarni ham qamrab olgan holda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ishda ijtimoiy psixologiyaning turli sohalarda — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, mehnat munosabatlari va yetakchilik kabi yo‘nalishlardagi roli yoritilgan. Annotatsiyada ijtimoiy psixologik bilimlarning jamiyatdagi barqarorlik, hamkorlik va o‘zaro tushunishni shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlangan.

ijtimoiy psixologiya, shaxs va jamiyat, ijtimoiy guruh, ommaviy ong, stereotip, muloqot, ijtimoiy ta’sir, konflikt, psixologik muhit, jamiyat barqarorligi, liderlik, konformizm, murosaga kelish, guruh psixologiyasi, insonlararo munosabatlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.