Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 6-son (2025) · 112–117-betlar

ARAB TILIDA MAJOZ

Tukhtayev, Alibek

DOI: 10.5281/zenodo.15656457 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada arab tili stilistikasining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlgan “majoz” tushunchasi har tomonlama yoritiladi. Arab tilshunosligida “majoz” – yaʼni soʻzning oʻzining haqiqiy maʼnosidan chekinib, boshqa – koʻchma maʼnoda qoʻllanishi – matnga badiiylik, ifoda boyligi va semantik chuqurlik baxsh etuvchi stilistik hodisa sifatida qaraladi. Majoz bayon ilmining asosiy kategoriyalaridan biri boʻlib, uning vositasida tilda ramziy, istioriy, kinoyaviy maʼnolar shakllanadi va bu orqali maʼno darajalari kengayadi. Maqolada majozning leksik-semantik va uslubiy jihatlari, tarixiy ildizlari, Qur’on va hadisdagi namunalari hamda arab mumtoz adabiyotidagi oʻrni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ayniqsa, Qur’oni karimda majoz vositasida yaratilgan obrazlar, kinoyalar, badiiy vositalar oʻrganilib, ularning maʼnaviy va estetik yuklamasi yoritiladi. Tadqiqotda nafaqat klassik tilshunoslik manbalariga, balki zamonaviy stilistik yondashuvlarga ham tayanilgan. Ushbu maqola arab tili uslubshunosligi, Qur’on ilmlari, tafsir va poetik tafakkur bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlib, til vositalari orqali badiiylikni yaratish mexanizmlarini anglashga xizmat qiladi.

arab tili, majoz, bayon, balogʻat, stilistika, Qur’on tafsiri, badiiy tahlil, ramz, istiora, ko‘chma ma’no

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.