Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 6-son (2025) · 10–15-betlar

YERGA OID HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN FUQAROLIK ISHLARINING TAALLUQLILIGI VA SUDLOVGA TEGISHLILIGI MASALALARI YUZASIDAN MILLIY VA XORIJIY TAHLIL

Tursunaliyeva, Dilshoda

DOI: 10.70413/cajar-v03-i06-p3-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan fuqarolik ishlarining taalluqliligi va sudlovga tegishliligi masalalari yer huquqi va fuqarolik protsessual huquqining tutashgan muhim sohasi hisoblanadi. Ushbu maqolada yerga oid nizolarning mazmuni, ularning sud yurisdiktsiyasiga mansubligi, fuqarolik sudlarida ko‘rib chiqilish tartibi, shuningdek, nizolarning ixtisoslashtirilgan va umumyurisdiksiya sudlari o‘rtasida taqsimlanish mezonlari o‘rganiladi. Milliy qonunchilik asosida mavjud amaliyot tahlil qilinib, xorijiy davlatlar — xususan, Germaniya, Fransiya va AQSH tajribasi bilan qiyosiy-huquqiy tahlil olib boriladi. Mamlakatimizda yerga oid fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqishdagi protsessual xususiyatlarni takomillashtirish zarurati texnologik taraqqiyot, aholining huquqiy ongining oshishi va mulk huquqining mustahkamlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, maqolada yerga oid nizolarning huquqiy tabiati, ularni aniqlash va huquqiy baholash mezonlari, sudlovga tegishliligini belgilashdagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

yer nizolari, fuqarolik protsessi, taalluqlilik, sudlovga tegishlilik, sud yurisdiksiyasi, xorijiy tajriba, qiyosiy-huquqiy tahlil

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.