Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 6-son (2025) · 133–136-betlar

QASHQADARYO VILOYATIDA SANOAT MAHSULOTLARINI TIKTOK, INSTAGRAM VA BOSHQA IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI TARG‘IB QILISH IMKONIYATLARI

Sharipov, Gʻulomjon

DOI: 10.70413/cajar-v03-i06-p3-030 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat mahsulotlarini zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar – xususan TikTok, Instagram, Facebook va YouTube orqali targ‘ib qilish imkoniyatlari o‘rganiladi. Raqamli marketingning jadal rivojlanishi fonida, aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali mahalliy mahsulotlarni ommalashtirish, brendni tanitish va yangi mijozlar auditoriyasiga chiqish bo‘yicha tendensiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Qashqadaryo viloyatidagi bir nechta yirik va o‘rta korxonalarning raqamli faoliyati o‘rganilib, ularning TikTok va Instagram kabi platformalarda samarali ishlash holati tahlil qilinadi. Shuningdek, algoritm asosida ishlaydigan ijtimoiy tarmoqlarda kontent strategiyasi, auditoriya bilan muloqot va mahsulot vizual taqdimotining samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish orqali sanoat mahsulotlari eksportini rag‘batlantirish imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.

Qashqadaryo sanoati, ijtimoiy tarmoqlar marketing, TikTok reclama, instagram savdo, mahsulot brendingi, raqamli targ‘ibot, sanoat mahsulotlarini reklamalash, kontent strategiyasi, mahalliy eksport, vizual marketing.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.