Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 6-son (2025) · 71–79-betlar
PROSODIK TADQIQOTLAR TARIXI
Gaziyeva, Maftuna, O‘rinboyeva, E’zozxon
Annotatsiya
Ushbu maqola fonetika va uning tarkibiy qismi sifatida prosodika nazariyasining shakllanish jarayonlari va rivojlanish bosqichlarini yoritadi. Prosodik vositalarning (intonatsiya, urg‘u, pauza, temp va boshqalar) tarixiy taraqqiyoti qadimgi ritorika maktablari, sahna nutqi hamda publisistik amaliyotda shakllangan nazariy qarashlardan boshlab, XX–XXI asrlarda eksperimental-fonetik tadqiqotlar asosida chuqurlashganligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda prosodik birliklarning fonetik va pragmatik funksiyalari, ularni o‘rganish metodlari, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilayotgan eksperimental kuzatishlarning ilmiy ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, prosodika nazariyasining zamonaviy yo‘nalishlari va ularning o‘zbek tilshunosligidagi istiqbollari aniqlab berilgan.
Prosodika, fonetika, intonatsiya, urg‘u, eksperimental-fonetik tadqiqotlar, ritorika, pragmalingvistika, supersegment birliklar, nutq madaniyati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.