Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 7-son (2025) · 16–21-betlar
AQLI ZAIF O‘QUVCHILAR NUTQINING FONETIK TOMONDAN BUZILISHI VA ULARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN LOGOPEDIK ISHLAR
Saydaliyeva, Xojiya
DOI: 10.5281/zenodo.15852207 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada aqli zaif bolalarning nutqining fonetik tomoni buzilishi, bu buzilishlarning turlari, sabab va ko‘rinishlari, shuningdek, ularni bartaraf etishga qaratilgan logopedik ishlarning mazmuni va bosqichlari yoritilgan. Nutqiy muammolarning kelib chiqish omillari sifatida psixik rivojlanishdagi kechikish, artikulyatsiya apparatining tuzilishidagi nuqsonlar va eshitish differensiyasining rivojlanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada yordamchi maktablarda olib boriladigan logopedik ishlarning o‘ziga xosliklari, shu jumladan, yakka tartibdagi mashg‘ulotlar, artikulyatsion va eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari haqida ham batafsil ma’lumot berilgan.
aqli zaif bolalar, nutq buzilishi, fonetik buzilishlar, logopediya, tovush talaffuzi, artikulyatsiya, differensial diagnostika, yordamchi maktab, logopedik ish, nutqni rivojlantirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.