Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 8-son (2025) · 156–163-betlar

O‘ZBEKISTONDA INNOVATSION LOYIHALARNI VENCHURLI MOLIYALASHTIRISH IMKONIYATLARI

Vahobov, Javohir

DOI: 10.5281/zenodo.17044068 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va innovatsion loyihalarning moliyalashtirilishida venchur kapitalining roli tahlil qilinadi. Startaplar va innovatsion tashabbuslarni moliyalashtirishdagi muammolar, jumladan, moliyaviy resurslarning yetishmasligi, investorlarning sust faolligi va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining kamligi ko‘rib chiqilgan. Global tajriba asosida venchur kapitali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda yangi texnologiyalarni joriy etishda samarali vosita ekanligi ta’kidlangan. O‘zbekiston sharoitida davlat va xususiy sektorning hamkorligi, qonunchilik asoslari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik orqali venchur moliyalashtirish tizimini rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatildi. Maqolada innovatsion loyihalarning muvaffaqiyati uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning turli bosqichlari va shakllari, shuningdek, mamlakatda mavjud muammolar hamda ularni hal qilish yo‘llari yoritilgan.

Venchur kapitali, innovatsion loyihalar, startaplar, moliyalashtirish, kichik va o‘rta biznes (KOB), investorlar, davlat va xususiy sektor hamkorligi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, innovatsion rivojlanish agentligi, xalqaro moliya tashkilotlari

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.