Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 8-son (2025) · 179–181-betlar
BARKAMOL SHAXS TARBIYASIDA OILA, MAKTAB VA MAHALLANING O‘RNI: BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALAR MISOLIDA
Tursunboyeva, N.A.
DOI: 10.5281/zenodo.17060611 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada barkamol shaxs tarbiyasida oila, maktabgacha ta’lim muassasalari va mahalla o‘rnining bog‘cha yoshidagi bolalar (3–7 yosh) misolida ilmiy tahlili berilgan. Ilk bolalik davri psixologiyada shaxs rivojining hal qiluvchi bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Shu davrda bola nutqi, tafakkuri, hissiy olami va ijtimoiy xulqi intensiv rivojlanadi. Maqolada J. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi, L.S. Vygotskiyning yaqin rivojlanish zonasi konsepsiyasi, M. Montessorining “Menga o‘zim qilishga imkon ber!” tamoyili hamda E. Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyalari asosida tahliliy yondashuv berilgan. Oila, bog‘cha va mahalla hamkorligi orqali bolada mustaqillik, tashabbuskorlik, qadriyatlarga hurmat va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanishining ahamiyati yoritilgan.
barkamol shaxs, bog‘cha yoshi, oila, maktabgacha ta’lim, mahalla, psixologik rivojlanish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.