Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 9-son (2025) · 160–163-betlar

XIX ASRNING IKKINCHI YARMI – XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGINING TADQIQOTI

Tolibayeva, Aziza

DOI: 10.5281/zenodo.10820790 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-ma’naviy hayoti tahlil qilinadi. Avvalo, Buxoro amirligi hududi, ma’muriy tuzilmasi va demografik tarkibi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ichki boshqaruv tizimi va tashqi siyosiy aloqalardagi o‘zgarishlar, xususan, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanish jarayoni yoritiladi. Bundan tashqari, iqtisodiy hayotda paxtachilikning Rossiya bozorlariga qaratilishi, temir yo‘l qurilishi va savdo-sotiqdagi o‘zgarishlar ochib beriladi. Maqolada ijtimoiy qatlamlar, qullik munosabatlari hamda migratsiya jarayonlari ko‘rsatilib, madaniy hayotda madrasa tizimi va jadidchilik harakatining o‘rni tahlil qilinadi. Xulosa qismida esa amirlikning an’anaviy tuzumdan modernizatsiyaga o‘tishdagi murakkab jarayonlari umumlashtiriladi..

Buxoro amirligi, Rossiya imperiyasi, protektorat, beklik, iqtisodiyot, jadidchilik, madrasalar, ijtimoiy qatlamlar, modernizatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.