Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 4-son (2026) · 186–192-betlar

YUQORI HARORATLI O‘TA O‘TKAZUVCHANLIKNING TURLARI VA ULARNI ANIQ MISOLLARDA IFODALASH

Djurayev, Davron, Jahonqulova, Maftuna

DOI: 10.70413/cajar-v04-i04-p2-114 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchilarning amaliy qo‘llanilishida bir qator muammolar mavjud. Ulardan eng muhimlari — cho‘kishli sovutish tizimlarining zarurati va bu tizimlarning yuqori xarajatli ekanligi. Materialning mexanik va kimyoviy barqarorligi bilan bog‘liq muammolar ham muhim ahamiyatga ega, chunki kupiratlar keramika bo‘lib, ular sinuvchan va ularni sim yoki kabel shakliga keltirish qiyin. Shuningdek, yuqori tok zichligi va qattiq magnit maydon ostida ishlashda yuzaga keladigan cheklovlar ham amaliy qo‘llanilish imkoniyatlarini kamaytiradi. YuHO‘O‘larning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi va yig‘ilishi hali ham qimmatga tushadi, bu esa keng tarqalishiga to‘siq bo‘lmoqda. Bundan tashqari, ushbu materiallarning supero‘tkazuvchanlik mexanizmi to‘liq tushunilmaganligi yangi materiallar va texnologiyalarni yaratish jarayonini sekinlashtirmoqda. 

Yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchilar (YuHO‘O‘), sovutish tizimi , suyuqlik azot, mexanik barqarorlik , kimyoviy barqarorlik, kupiratlar, tok zichligi, magnit maydon, sanoat ishlab chiqarish, super o‘tkazuvchanlik mexanizmi, amaliy qo‘llanilish muammolari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.