Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 4-son (2026) · 193–195-betlar
BUYRAKLARDA UCHRAYDIGAN XAVFLI O‘SMALARNI ANIQLASHDA MSKT NING DIAGNOSTIK AHAMIYATI
Maxkamov, M.A.
DOI: 10.70413/cajar-v04-i04-p2-117 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Buyrak o‘smalari siydik chiqarish tizimi kasalliklari orasida muhim o‘rin egallaydi. Ularni erta aniqlash kasallikning samarali davolanishi va bemor hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy diagnostika usullaridan biri multislice kompyuter tomografiya (MSKT) hisoblanadi. Ushbu maqolada buyraklarda uchraydigan xavfli o‘smalarni aniqlashda MSKT ning diagnostik imkoniyatlari keng tahlil qilindi. MSKT yordamida o‘smaning joylashuvi, o‘lchami, tuzilishi, qon bilan ta’minlanishi hamda atrof to‘qimalarga invaziya darajasi yuqori aniqlik bilan baholanishi mumkin. Bundan tashqari, limfa tugunlari zararlanishi va uzoq metastazlarni aniqlash imkoniyati mavjud. Tadqiqot natijalari MSKT buyrak o‘smalarini aniqlash, differensial diagnostika qilish hamda kasallik bosqichini (staging) baholashda yuqori informativ usul ekanligini ko‘rsatadi.
buyrak o‘smalari, buyrak saratoni, MSKT, diagnostika, kompyuter tomografiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.