Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 4-son (2026) · 196–200-betlar
DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATISH BILAN BOG‘LIQ MA’MURIY TARTIB-TAOMILLARNI TAKOMILLASHTIRISH: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL VA AMALIY TAKLIFLAR
Shafiyeva, Mehrangiz
DOI: 10.70413/cajar-v04-i04-p2-120 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi ma’muriy tartib-taomillarning huquqiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, BMT elektron hukumat reytingidagi yutuqlar, davlat xizmatlari markazlari faoliyati va raqamlashtirish jarayonidagi muammolar yoritiladi. Xorijiy ilmiy adabiyotlar va ilg‘or xalqaro tajribalar — xususan, nemis ma’muriy huquqi va Janubiy Koreya elektron hukumat modeli qiyosiy tahlil asosida o‘rganiladi. Maqolada aniqlangan tizimli kamchiliklar — kompozit xizmatlar bo‘yicha rad etish holatlari, DXM va my.gov.uz portali o‘rtasidagi nomuvofiqlik asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
davlat xizmatlari, ma’muriy tartib-taomillar, raqamlashtirish, elektron hukumat, davlat xizmatlari markazi, byurokratiya, “bir darcha” tamoyili, kompozit xizmatlar, my.gov.uz, huquqiy islohot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.