Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 4-son (2026) · 63–67-betlar
MODA VA SAN’AT UYG‘UNLIGIDAGI NOODATIY SUMKALAR
Rаximоvа, Kаmоlа, Jumayeva, Sabrina
DOI: 10.5281/zenodo.20020257 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola noodatiy sumkalar fenomeni moda va san’at uyg‘unligi kontekstida sumka dizaynining rivojlanishini tahlil qiladi. Maqolada sumkalarni oddiy amaliy aksessuar sifatidan tortib, san’at asarigacha ko‘taruvchi jarayon ko‘rib chiqiladi: “funktsiya + estetik + identitet” birikmasi sumka dizaynida qanday namoyon bo‘lishi, san’at va moda chegarasidagi dizayn tendensiyalari, shuningdek, noodatiy sumkalarning jamiyat, madaniyat va shaxsiy ifodadagi roli tahlil qilinadi. Turli turdagi noodatiy sumkalar rassomiy, haykaltaroshlik va arxitektura inspirasiyali, madaniy va zamonaviy tendensiyalarga mos misollar orqali ko‘rsatiladi. Maqola, shuningdek, noodatiy sumkalar afzalliklari (individualizm, estetik tanlov, barqarorlik, identitet ifodasi) va kamchiliklari (yuqori narx, foydalanishdagi cheklovlar, funksionallik masalalari, san’at/aksessuar chegarasining munozarali tabiati) haqida ham so‘z yuritadi. Yakunda, noodatiy sumkalar moda va san’at kesishmasida yangi tafakkurni, estetik didni va shaxsiy identitetni aks ettiruvchi muhim buyumlar ekanligi xulosa qilinadi.
noodatiy sumkalar, aksessuarlar, moda va san’at, dizayn, identitet, estetik qiymat, funksionallik, madaniyat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.