Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 79–82-betlar
INTERNETDAGI ODOB-AXLOQ QOIDALARI VA QONUN: RAQAMLI MADANIYAT VA HUQUQIY JAVOBGARLIK MASALALARI
Abdullayev, Temur, Abdujabborov, Javlonbek
DOI: 10.5281/zenodo.14800921 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyatda internet tarmog’idan foydalanish madaniyati, ya’ni "netiket" qoidalarining mazmun-mohiyati, global tendensiyalari va ularning huquqiy asoslari kompleks tadqiq etiladi. Maqolada kiber-makonda shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, kiberbulling, trolling va feyk xabarlar kabi zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishning qonuniy mexanizmlari xalqaro tajriba asosida tahlil qilingan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik va Jinoyat kodekslaridagi so’nggi transformatsiyalar hamda raqamli makonda javobgarlik muqarrarligini ta’minlash masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida raqamli madaniyatni yuksaltirish va virtual olamda huquqiy tartibni o’rnatish bo’yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
internet-etika, netiket, kiberbulling, shaxsiy daxlsizlik, huquqiy javobgarlik, raqamli madaniyat, axborot xavfsizligi, anonimlik, kiber-gigiyena
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.