Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 22–26-betlar

TO'QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA SIFAT MENEJMENT TIZIMINI DOE USULI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Kambarova, Zebuniso, Xamdamov, Baxrom

DOI: 10.70413/cajar-v04-i05-p2-015 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada to'qimachilik sanoati korxonalarida sifat menejment tizimini takomillashtirish maqsadida tajribalarni rejalashtirish (DOE – Design of Experiments) usulidan foydalanish ko'rib chiqilgan. 2³ to'liq faktoriy tajriba asosida uchta asosiy omil – sifat sertifikatsiyasi (A), defekt monitoringi (B) va xomashyo sifat nazorati (C) – ning mahsulot sifat ko'rsatkichiga ta'siri miqdoriy baholangan. ANOVA tahlili natijasida barcha uchta omil statistik jihatdan ahamiyatli ekanligi isbotlangan (F hisob > F kritik = 10,1). Eng kuchli ta'sir xomashyo sifat nazorati omilida qayd etilgan (F = 102,9). Matematik regressiya modeli Y = 9,1 + 1,025A + 1,75B + 2,92C tuzilgan va uning prognoz qiymatlari amaliy natijalar bilan yuqori darajada mos kelishi tasdiqlangan. 

DOE, sifat menejmenti, to'qimachilik sanoati, ANOVA, faktoriy tajriba, regressiya modeli, sertifikatsiya, defekt monitoringi, xomashyo nazorati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.