Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 27–36-betlar
DEPRESSIV BUZILISHNING PSIXOLOGIK SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA PSIXOTERAPEVTIK YONDASHUVLARI
Narmetova, Yulduz, Shukurov, Ubaydullo
DOI: 10.70413/cajar-v04-i05-p2-006 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada depressiv buzilishning psixologik sabablari, klinik ko‘rinishlari va psixoterapevtik yondashuvlari bo‘yicha 2021–2026-yillarda e’lon qilingan ilmiy ma’lumotlar sharh qilindi. Depressiv buzilish oddiy xafalik yoki vaqtinchalik kayfiyat pasayishi emas, balki kayfiyat, motivatsiya, tafakkur, xulq-atvor, uyqu, ishtaha, ish qobiliyati va ijtimoiy faoliyatga tizimli ta’sir qiluvchi ruhiy buzilishdir. So‘nggi yillardagi adabiyotlarda depressiyaning rivojlanishi biopsixososial model asosida tushuntiriladi: biologik omillar, stressga javob tizimlari, yallig‘lanish mexanizmlari, kognitiv xatoliklar, salbiy avtomatik fikrlar, ijtimoiy izolyatsiya va hayotiy stressorlar bir-biri bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda depressiya kattalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, ayollarda erkaklarga qaraganda ko‘proq uchraydi..
depressiv buzilish, depressiya, kognitiv-xulqiy terapiya, xulqiy faollashtirish, interpersonal psixoterapiya, stress, biopsixososial model, psixoterapiya..
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.