Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 5-son (2025) · 10–16-betlar

BOLALAR KIYIMINING DIZAYNINI LOYIHALASH METODIKASI.

Maxliyo, Fayzullayeva

DOI: 10.5281/zenodo.15532164 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda kichik maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bolalar kiyimining sanoat seriyalarini modulli loyihalash metodikasini ishlab chiqish bosqichlari bayon etilgan. Ushbu yosh guruhining tanlanishi bejiz emas: 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tana proporsiyalarining sezilarli o‘zgarishi kuzatiladi. Xususan, bu davrda bolalar yiliga o‘rtacha 5–7 sm ga o‘sadi, oyoq-qo‘llar uzayadi, bo‘y balandlashadi, qorin qavariqligi kamayadi. Shu sababli kiyimni tez-tez yangilab turish zarurati katta xarajatlarga olib keladi. Modulli kiyim tizimi esa transformatsiya xususiyatiga ega bo‘lib, bolalarning tana o‘zgarishlariga moslashgan holda foydalanish muddatini uzaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqot modulli loyihalash metodikasi orqali bolalar kiyimi dizaynida iqtisodiy va funksional samaradorlikka erishish imkonini ochib beradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.