Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 10-son (2025) · 33–36-betlar

NAMANGAN VILOYATI MEVALI BOGʻLARDA TARQALGAN QANDALA TURLARINING OILA VA KENJA OILALAR BOʻYICHA TAQSIMLANISHI

Ismigul, Xusanova

DOI: 10.5281/zenodo.17452434 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot 2023-2024-yillarda Namangan viloyatining Norin, Uchqoʻrgʻon, Mingbuloq, Uychi va Chortoq tumanlaridagi mevali bogʻlarda oʻtkazilgan entomologik monitoring natijalariga bagʻishlandi. 50 dan ortiq koordinata nuqtalaridan jami  500 ta lichinka va imago namunasi yigʻildi. Natijada yarimqattiqqanotlilarning 10 oila, 18 kenja oila, 42 avlod va 46 turi aniqlandi. Tadqiqot jarayonida Derephysia rectinervis, Dictyla subdola va Deraeocoris rutilus turlari Namangan viloyati uchun ilk bor qayd etildi. Maqolada turlar taqsimoti, turlarning xilma-xilligi va ularning agroekosistema uchun mumkin boʻlgan ekologik hamda iqtisodiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.