Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 10-son (2025) · 100–107-betlar
SHAXSIYLASHTIRILGAN TA'LIM VA ADAPTIV O'QUV MODELLARNING NAZARIY ASOSLARI
Iroda, Altmisheva
DOI: 10.5281/zenodo.17499823 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada shaxsiylashtirilgan ta’lim va adaptiv o‘quv modellarning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Global ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirish, o‘zlashtirish sur’atlari va o‘rganish uslublarini inobatga olgan holda o‘qitish zaruratini kuchaytirmoqda. Shu boisdan shaxsiylashtirilgan ta’lim konsepsiyasi konstruktivistik pedagogika, metakognitiv yondashuv va raqamli pedagogika integratsiyasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda aralash metod (mixed-methods) yondashuvi asosida sifat va miqdoriy tahlil uyg‘unligida kontent tahlili, komparativ tahlil hamda konseptual modellashtirish metodlari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, adaptiv o‘quv tizimlari diagnostika, moslashuv, monitoring va refleksiya kabi komponentlar orqali talabaning bilim olish jarayonini individuallashtiradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.