Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 10-son (2025) · 30–38-betlar
TO'QIMACHILIK MAHSULOTLARI EKSPORTINI BOSHQARISHDA STRATEGIK REJALASHTIRISH VA RISKLARNI KAMAYTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Elyorbek, Gaffarov
DOI: 10.5281/zenodo.17524055 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada to‘qimachilik mahsulotlari eksportini boshqarishda strategik rejalashtirish va risklarni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari mintaqaviy menejment nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Eksport faoliyati global bozordagi o‘zgaruvchan talab, valyuta tebranishlari, logistika muammolari va siyosiy omillar ta’sirida yuqori xavf darajasiga ega bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Shu bois, maqolada risklarni identifikatsiya qilish, ularni tahlil qilish va boshqarishning strategik yondashuvlari ishlab chiqiladi. Tadqiqot O‘zbekiston to‘qimachilik tarmog‘ida, xususan, Namangan viloyati misolida o‘tkazilgan bo‘lib, unda eksportni rejalashtirishda institutsional barqarorlik, klaster integratsiyasi, moliyaviy sug‘urtalash tizimlari va logistika xavfini diversifikatsiyalash tamoyillarining ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar (UNCTAD, OECD, ITC) tavsiyalari asosida O‘zbekistonda eksport boshqaruvining strategik modelini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi. Maqola natijalari mintaqaviy eksport siyosatini yanada puxta rejalashtirish, risklarni kamaytirish va to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.