Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 12-son (2025) · 78–80-betlar

OSHQOZON-ICHAK KASALLIKLARIGA CHALINGAN BEMORLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Yulduz, Narmetova, Durdona, Sobitova

DOI: 10.5281/zenodo.17862549 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ma’ruzada oshqozon-ichak tizimi kasalliklariga chalingan bemorlarda kuzatiladigan psixologik o‘zgarishlar, ularning kelib chiqish sabablari va namoyon bo‘lish mexanizmlari tahlil qilinadi. Oshqozon-ichak kasalliklari nafaqat jismoniy nosog‘lomlikni, balki bemorning emotsional holati, stressga bardoshliligi, tashvish darajasi va ruhiy barqarorligiga ham bevosita ta’sir qilishi mumkin. Kasallik rivojlanishida surunkali og‘riq, ovqat hazm qilishning buzilishi, hayot sifati pasayishi, shuningdek, uzoq davom etuvchi tibbiy muolajalar natijasida bemorlarda depressiya, tashvish sindromi, somatizatsiya kabi psixologik holatlar paydo bo‘lishi mumkin. Ma’ruzada psixosomatik aloqalarning o‘rni, stressning oshqozon-ichak tizimiga ta’siri, bemorlardagi psixologik reaksiyalar va ularni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, bemorlarning psixologik holatini baholash, psixokorrektsiya va psixoterapiya usullaridan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilib, kompleks yondashuvning kasallikni boshqarishdagi ahamiyati yoritib beriladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.