Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 12-son (2025) · 125–129-betlar

O'ZBEKISTONDA BOLALAR ORTODONTIK PROFILAKTIKASINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISH: XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAHLIL

S.S., Yahyoyev, S., Aminbayeva, D.G`., Sattorova, S.S, Murtazoyev

DOI: 10.5281/zenodo.17919000 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda bolalar ortodontik profilaktikasining hozirgi holati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari chuqur tahlil qilingan. Bolalarda malokluziya va tish-jag’ anomaliyalari keng tarqalganligi, erta ortodontik diagnostika va profilaktik tadbirlarning yetarli darajada tizimlashtirilmaganligi tibbiy xizmat sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etiladi. Shuningdek, yurtimizda ortodontik yordamning hududlar bo‘yicha teng taqsimlanmagani, kadrlar salohiyatining yetishmasligi, ta’lim dasturlarining zamonaviy standartlarga moslashtirilish zarurati ham alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO), Amerika pediatrik stomatologiya akademiyasi (AAPD), Yevropa bolalar stomatologiyasi akademiyasi (EAPD) hamda Butunjahon ortodontlar federatsiyasi (WFO) tomonidan belgilangan zamonaviy profilaktika talablari, skrining dasturlari, risk-baholash mezonlari va raqamli diagnostika standartlari o‘rganilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.