Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 12-son (2025) · 130–133-betlar

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA JAMOAVIY ISHLASH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH ORQALI TARBIYALASH YO'LLARI

Turg'unoy, Jo'rayeva, Dilnoza, Yuldasheva

DOI: 10.5281/zenodo.17919027 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoaviy ishlash ko‘nikmasini shakllantirishning pedagogik, psixologik va tarbiyaviy jihatlari tahlil etilgan. Jamoaviy faoliyat o‘quvchining shaxs sifatida kamol topishida, o‘z fikrini erkin bildirishida, boshqalar fikrini hurmat qilishida hamda ijtimoiylashuv jarayonini faollashtirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf davri inson shaxsining asosi shakllanadigan davr bo‘lgani bois, bu bosqichda o‘qituvchining jamoaviy ishni to‘g‘ri tashkil etish mahorati o‘quvchilarni kelgusidagi ijtimoiy hayotga tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim tizimida jamoaviy  o‘qitishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tahliliy xulosalar keltirilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.