Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 12-son (2025) · 145–150-betlar

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA O'QISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Barno, Usmonova

DOI: 10.5281/zenodo.17919403 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning asosiy metodik yondashuvlari, o‘qish tezligi, ongli o‘qish, ifodali o‘qish, matnni tushunish va qayta hikoya qilish kabi tarkibiy qismlar izchil yoritiladi. O‘qish savodxonligi darslarida fonetik, leksik, grammatik mashqlar, matn ustida ishlash, kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qish, differensial yondashuv va interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik xususiyatlari, diqqat va xotira imkoniyatlari, motivatsiyasini hisobga olgan holda o‘qish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish modeli taklif etiladi. Metodik tavsiyalar o‘qituvchilar amaliyotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qish darslarining sifatini oshirishga qaratilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.