Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 12-son (2025) · 28–31-betlar

AYOLLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNI OLDINI OLISH BORASIDA GERMANIYA TAJRIBASI

Elmira, Askarova

DOI: 10.5281/zenodo.17947354 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada ayollar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish masalasi Germaniya Federativ Respublikasi tajribasi misolida ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ayollar jinoyatchiligining gender xususiyatlari, uni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik omillar, shuningdek, ijtimoiy profilaktika va reabilitatsiyaga asoslangan xorijiy yondashuvlar o‘rganilgan. Germaniyada ayollar jinoyatchiligini oldini olishda ijtimoiy himoya, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish, mehnat bozoriga integratsiya va davlat–jamoatchilik hamkorligi muhim o‘rin tutishi ilmiy manbalar va rasmiy statistik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari va ayollar jinoyatchiligini kamaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar ilgari surilgan..

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.