Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 12-son (2025) · 21–23-betlar

``TILNING IJTIMOIY QATLAMLAR BO`YICHA O`ZGARISHI:GENDER VARIATIVLIK``

Zulxumor, Bozorova

DOI: 10.5281/zenodo.18034829 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi variativlik hodisasi, uning til tizimidagi tabiati va ayniqsa gender variativlik misolida tilning ijtimoiy qatlamlar bo‘yicha o‘zgarishi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot doirasida tilning o‘zgaruvchanlik xususiyati, lingvistik birliklarning ijtimoiy faktorlar ta’sirida turlicha shakllanishi hamda erkaklar va ayollar nutqidagi lisoniy tafovutlarning sabablari tahlil qilinadi. Gender lingvistika nuqtayi nazaridan jinsga oid nutq xususiyatlari, ularni yuzaga keltiruvchi sotsiolingvistik omillar, kommunikativ jarayon va madaniy an’analarning tilga ta’siri misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Maqolada o‘zbek jamiyatining tarixiy, madaniy va ijtimoiy konteksti bilan bog‘liq ravishda genderga oid nutq modeli qanday shakllanishi, variativlikning til taraqqiyotidagi o‘rni va tilning moslashuvchan tizim sifatida jamiyatdagi rollar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.