Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 2-son (2026) · 7–14-betlar

NOLINGVISTIK YO'NALISHLARDA INGLIZ TILI TA'LIMI SIFATINI BOSHQARISHDA RAQAMLI MONITORING TIZIMLARINING SAMARADORLIGI

Xusnidaxon, Abdulxayeva

DOI: 10.5281/zenodo.18494056 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada nolingvistik yo‘nalishlarda ingliz tili ta’limining sifatini nazorat qilishda raqamli monitoring tizimlarining roli va samaradorligi o‘rganiladi. Raqamli monitoring tizimlari ta’lim jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, baholash va tahlil qilish imkonini beradi, bu esa o‘qituvchilarga va ta’lim muassasalariga jarayonni samarali boshqarish imkonini yaratadi. Tadqiqot davomida elektron test platformalari, onlayn baholash vositalari va o‘quv portfoliolar kabi raqamli vositalar tahlil qilindi. Maqolada nelingvistik yo‘nalishlarda ingliz tili o‘qitishda uchraydigan muammolar, masalan: o‘quvchilarning faoliyatini individual tarzda baholashdagi qiyinchiliklar, aniq ma’lumot yetishmasligi va ta’lim jarayonining samaradorligini o‘lchashdagi cheklovlar, batafsil ko‘rib chiqilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.