Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 2-son (2026) · 171–173-betlar

POSTINDUSTRIAL JAMIYAT XUSUSIYATLARI

Altinay, Aytmuratova

DOI: 10.5281/zenodo.18627374 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada postindustrial jamiyat tushunchasi, uning shakllanish bosqichlari hamda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o‘tish jarayoni fan-texnika taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va globallashuv bilan bog‘liq holda yoritiladi. Daniel Bell, Alvin Toffler, Piter Druker, Manuel Kastels, Ulrix Bek, Zigmunt Bauman kabi yetakchi olimlarning nazariy qarashlari asosida postindustrial jamiyatning iqtisodiy modeli, mehnat bozori, ta’lim tizimi, ijtimoiy tuzilma hamda madaniy-ma’naviy transformatsiyalari tahlil qilinadi. Maqolada bilim va axborotning strategik resursga aylanishi, xizmatlar sektorining ustuvorligi, raqamlashtirish jarayonlari hamda ularning ijtimoiy tengsizlik va yangi xavflarni keltirib chiqarishi ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot natijalari postindustrial jamiyatning barqaror rivoji inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy adolatni ta’minlash bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.