Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 2-son (2026) · 116–121-betlar
BOLALAR VA O'SMIRLARDA IDIOPATIK SKOLIOZNI ERTA PROGNOZLASH VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY STRATEGIYALARI
T., Umarov, J.
DOI: 10.5281/zenodo.18738708 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
O‘smirlar idiopatik skoliozi (AIS) tayanch-harakat tizimining eng ko‘p uchraydigan deformatsiyalaridan biri bo‘lib, o‘z vaqtida tashxis qo‘yilmasa, hayot sifatining pasayishiga va jiddiy somatik asoratlarga olib keladi. Maqsad: Ushbu maqolada AISning rivojlanish xavfini erta aniqlashning zamonaviy usullari va davolashning konservativ hamda jarrohlik strategiyalari xalqaro adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. Metodologiya: Tadqiqotda so‘nggi 10 yillikdagi PubMed, Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalaridagi tizimli tahlillar, klinik ko‘rsatmalar va meta-tahlillar o‘rganildi. Natijalar: Skolioz rivojlanishini prognozlashda nafaqat Kobb burchagi, balki skelet yetukligi (Risser va Sanders testlari) hamda zamonaviy 3D-optik topografiya usullarining samaradorligi isbotlandi. Davolashda Shrot (Schroth) uslubidagi maxsus mashqlar va Cheneau tipidagi korsetlar kombinatsiyasi progressiyani 75-80% holatlarda to‘xtatishi aniqlandi. Xulosa: Erta prognozlash algoritmlarini amaliyotga joriy etish invaziv jarrohlik amaliyotlarini kamaytirish va bemorlar reabilitatsiyasini optimallashtirish imkonini beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.