Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 2-son (2026) · 137–140-betlar
JANUBIY USTYURT MILLIY TABIAT BOGʻIDA QO'NG'IR QUMUZUMNING TARQALISHI VA FITOTSENOTIK O'RNI
Saida, Bazarbaeva
DOI: 10.5281/zenodo.18752612 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻida uchraydigan Peganaceae oilasiga mansub Malacocarpus crithmifolius o‘simligining tarqalish xususiyatlari hamda uning cho‘l fitotsenozlaridagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida turning asosan toshloq va sho‘rlangan tuproqlarda, shuningdek, chuchuk atroflarida lokal populyatsiyalar hosil qilishi aniqlandi. Shuningdek, o‘simlikning ekologik-morfologik moslashuvlari, jumladan, qurg‘oqchilik va yuqori haroratga chidamliligi uning Janubiy Ustyurtning ekstremal iqlim sharoitida barqaror saqlanib qolishiga imkon berishi asoslab berildi. Bundan tashqari, Malacocarpus crithmifoliusning fitotsenozlar tarkibida tuproqni mustahkamlash, eroziya jarayonlarini cheklash hamda o‘simlik–hasharot munosabatlarini barqarorlashtirishdagi ahamiyati ochib berildi. Tadqiqot natijalari cho‘l ekotizimlarining barqarorligini ta’minlash va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishda mazkur turning muhim ekologik komponent ekanligini ko‘rsatadi..
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.