Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 3-son (2026) · 63–69-betlar

IOT QURILMALARIDA RAQAMLI DALILLARNI ANIQLASH VA EKSPERTIZA JARAYONINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mohidil, Raxmanova

DOI: 10.5281/zenodo.18995789 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada IoT (Internet of Things) qurilmalarida mavjud bo‘lgan raqamli dalillarni aniqlash, yig‘ish, saqlash va tahlil qilish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. IoT qurilmalarining texnik arxitekturasi, tarmoq orqali ishlash mexanizmi va bulutli muhit bilan integratsiyasi sababli dalillarni aniqlash va mustahkamlash jarayoni an’anaviy raqamli ekspertizadan farq qiladi. Maqolada IoT ekspertizasida uchraydigan muammolar, xesh qiymatlar orqali dalil yaxlitligini ta’minlash, tezkor xotira va log fayllarni tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, IoT qurilmalariga nisbatan ekspertiza tayinlashning protsessual jihatlari va amaliy tavsiyalar bayon etiladi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.