Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 3-son (2026) · 141–146-betlar

ERTA BOSQICHDAGI HIQILDOQ SARATONIDA O'SMANING REZEKTABELLIGINI BAHOLASHDA MULTISPIRAL KOMPYUTER TOMOGRAFIYASINING KLINIK-DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Shohruh, Musulmonov, Dilroz, Abdumo'minova

DOI: 10.5281/zenodo.19332668 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda hiqildoq saratonining dastlabki bosqichlarida (T1-T2) o'sma to'qimasining jarrohlik yo'li bilan olib tashlanish imkoniyatlarini aniqlashda multispiral kompyuter tomografiyasining (MSKT) diagnostik ko'rsatkichlari tahlil qilindi. Klinik tadqiqotga jalb qilingan 45 nafar bemorning endoskopik, radiologik va gistopatologik tekshiruv natijalari solishtirma tahlil qilindi. MSKT yordamida olingan tasvirlar operatsiyadan keyingi gistopatologik xulosalar bilan taqqoslanganda, ushbu usul o'smaning joylashish o'rni, invaziya chuqurligi va qo'shni anatomik tuzilmalar bilan munosabatini aniqlashda yuqori ishonchlilik ko'rsatkichlariga ega ekanligi aniqlandi. Operatsiyadan oldingi to'g'ri tashxis qo'yish va o'sma chegaralarini aniq belgilash jarrohlik taktikasini tanlashda asosiy omil bo'lib, davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.