Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 4-son (2026) · 131–135-betlar
EKOLOGIYAGA OID NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDAGI KORRUPSIYAVIY OMILLARNI ANIQLASH VA BARTARAF ETISH MASALALARI
Ernazar, Reypnazarov
DOI: 10.5281/zenodo.19587236 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola ekologiyaga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaviy omillarni tahlil qilish, ularni aniqlash metodologiyasi va bartaraf etish mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada soha qonunchiligidagi huquqiy bo‘shliqlar, noaniqliklar va mansabdor shaxslarga berilgan keng diskretsion vakolatlar korrupsiyaga qulay muhit yaratishi asoslab berilgan. Shuningdek, «Yashil taraqqiyot» yo‘nalishidagi islohotlar doirasida raqamlashtirish jarayonlari va zamonaviy texnologiyalarning shaffoflikni ta’minlashdagi samaradorligi ochib berilgan. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llashning yangi tartibi va adliya tizimining roli atroflicha yoritilgan. Xulosa qismida qonunchilikni takomillashtirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va korrupsiyaviy omillarni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.