Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 22–26-betlar
TO'QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA SIFAT MENEJMENT TIZIMINI DOE USULI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Zebuniso, Kambarova, Baxrom, Xamdamov
DOI: 10.5281/zenodo.20195093 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada to'qimachilik sanoati korxonalarida sifat menejment tizimini takomillashtirish maqsadida tajribalarni rejalashtirish (DOE – Design of Experiments) usulidan foydalanish ko'rib chiqilgan. 2³ to'liq faktoriy tajriba asosida uchta asosiy omil – sifat sertifikatsiyasi (A), defekt monitoringi (B) va xomashyo sifat nazorati (C) – ning mahsulot sifat ko'rsatkichiga ta'siri miqdoriy baholangan. ANOVA tahlili natijasida barcha uchta omil statistik jihatdan ahamiyatli ekanligi isbotlangan (F hisob > F kritik = 10,1). Eng kuchli ta'sir xomashyo sifat nazorati omilida qayd etilgan (F = 102,9). Matematik regressiya modeli Y = 9,1 + 1,025A + 1,75B + 2,92C tuzilgan va uning prognoz qiymatlari amaliy natijalar bilan yuqori darajada mos kelishi tasdiqlangan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.