Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 31–37-betlar

DEVONU LUG'OTIT TURK ASARIDA SO'ZLARDA AKS ETGAN QADIMGI DORILAR VA TIBBIY BILIMLAR

Navroʻz, Roʻziyev, Mehribonu, Xaydaraliyeva

DOI: 10.5281/zenodo.20228984 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola Mahmud Qoshg‘ariyning Devonu lugʻotit turk asarida aks etgan qadimgi turkiy tibbiyot bilimlarini tizimli tarzda o‘rganadi. Maqolada dorivor o‘simliklar (anduz, isiriq, adriq) va hayvon mahsulotlari (ang yog‘i, go‘sht, sut aralashmalari) tibbiyotdagi amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, kasalliklar va fiziologik holatlar (og‘riq, qashish, o‘ngindi va boshqa belgilar) batafsil tahlil qilinadi.Shuningdek, maqolada davolash jarayonlari (emladi, emlandi, emlattim, emlashdilar) va tabibning roli, qadimgi turkiy tibbiyotda kuzatuv, diagnostika va profilaktika usullari yoritiladi. Asarda uchraydigan tibbiy atamalar va davolash vositalari zamonaviy tibbiyot bilan bog‘lanishi ham ko‘rsatib o‘tilgan, bu esa qadimgi turkiy xalqlarning tibbiy bilimlari tizimli, ilmiy-amaliy va madaniy jihatdan boy ekanligini namoyon qiladi..

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.