Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 128–131-betlar
ABDOMINAL O'SMALAR TARQALISHI, KOLOREKTAL O'SMALAR DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH CHORA TADBIRLARI
Dilshodbek, Muzaffarov, Nurmuhammad, Abdurahimov
DOI: 10.5281/zenodo.20080745 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Abdominal o‘smalar (gastrointestinal trakt neoplazmlari) dunyo bo‘yicha yuqori morbidite (kasallanish darajasi) va mortalite (o‘lim darajasi) bilan bog‘liq kasalliklar hisoblanadi. Ular oshqozon, yo‘g‘on ichak, rektum va boshqa ichki organlarda rivojlanadi. Kolorektal neoplazmlar, ayniqsa, sinxron (bir vaqtda) va metoxronik (keyinchalik) o‘smalar sifatida uchrashi mumkin. Klinik jihatdan, o‘smalarning erta aniqlanishi va samarali davolash bemorlarning prognozi va hayot sifati uchun muhimdir. Oshqozon saratoni bilan kasallangan bemorlarning 35–40% da kolorektal neoplazm uchrashi aniqlangan. Shu sababli, oshqozon yoki boshqa abdominal neoplazm tashxisi qo‘yilgan bemorlarda kolorektal skrining va erta diagnostika zarur. Abdominal o‘smalar — qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarda rivojlanadigan yaxshi yoki yomon sifatli o‘smalardir. Ular oshqozon, jigar, ichaklar, oshqozon osti bezi va boshqa organlarda paydo bo‘lishi mumkin. Asosiy belgilariga qorin og‘rig‘i, vazn yo‘qotish, ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi va ich ketishi yoki qabziyat kiradi. Yomon sifatli o‘smalar tez o‘sib, metastaz berishi mumkin. Tashxis qo‘yish uchun ultratovush (UZI), KT, MRT va biopsiya ishlatiladi. Davolash usullari o‘smaning turiga qarab jarrohlik, kimyoterapiya yoki nurlanish terapiyasini o‘z ichiga oladi. Erta aniqlash davolash samaradorligini oshiradi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.