Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 145–149-betlar
ARAB LINGVOMADANIYATIDA TABRIK IFODALASHDA QO'LLANADIGAN NUTQIY ETIKETLAR
Munisa, Ilyosova
DOI: 10.5281/zenodo.20084395 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Nutqiy etiket holatlari muayyan birliklarning mikrotizimi sifatida qaralib, ular, xususan, “tabriklar” va “tilaklar” orqali ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi. Mazkur etiket birliklari insonlar o‘rtasidagi kommunikativ aloqalarni mustahkamlash, jamiyatdagi turli ijtimoiy rollar va maqomlarni namoyon etish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, ular shaxslararo munosabatlarda hurmat, ijtimoiy tenglik yoki ijtimoiy tafovutlarning mavjudligini aks ettiruvchi muhim lingvomadaniy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. “Tabrik” va “tilak”lar xalq madaniyatining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, unda milliy xususiyatlar yaqqol aks etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.