Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 183–190-betlar
ANTIMIKROB REZISTENTLIK — GLOBAL SOG'LIQ UCHUN YASHIRIN PANDEMIYA VA UNING MOLEKULYAR MEXANIZMLARI
K.R., Abduraxmonova, A.A., Abduxalimov, M.B., Yo'ldashova, R.B., Jamoldinov
DOI: 10.5281/zenodo.20121385 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Antimikrob rezistentlik — mikroorganizmlarning antibiotik va boshqa antimikrob dorilarga chidamlilik hosil qilishi — zamonaviy tibbiyotning eng muhim global muammolaridan biridir. Ushbu maqolada rezistentlikning molekulyar mexanizmlari, jumladan mutatsiyalar, gorizontal gen transferi, beta-laktamaza fermentlari, efflyuks nasoslari, membrana o‘tkazuvchanligining kamayishi va biofilm hosil bo‘lishi tahlil qilinadi. Shuningdek, antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit omillari rezistent shtammlar tarqalishiga qanday ta’sir qilishi yoritiladi. Maqolada antimikrob rezistentlikka qarshi oqilona antibiotik qo‘llash, tezkor diagnostika, infeksion nazorat, tabiiy bioaktiv moddalar va yangi davolash yondashuvlari muhim strategiyalar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.