Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 30–35-betlar

ETEROKRATIYA - XXI ASR GEOSIYOSATINING YANGI QOIDALARI

DOI: 10.5281/zenodo.20291990 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda an’anaviy geosiyosiy paradigmalar — tellurokratiya va talassokratiyaning evolyutsion transformatsiyasi natijasida yuzaga kelgan “eterokratiya” fenomenini global qudratning yangi va hal qiluvchi o‘lchami sifatida tahlil etiladi. Maqolada moddiy va hududiy nazorat tushunchasining virtual-axborot makonidagi ustuvorlikka o‘rin bo‘shatib berish jarayonlari, hamda nomoddiy resurslarning xalqaro munosabatlar iyerarxiyasidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslanadi. Mualliflar eterokratiyani texnologik ilgarilash emas, balki kognitiv makon va global axborot oqimlari ustidan o‘rnatiladigan strategik gegemoniya shakli sifatida talqin qiladi. Tadqiqot davomida raqamli suverenitet inqirozi va kibermakonning geosiyosiy arxitekturasi tahlili orqali zamonaviy dunyo tartibida davlatlarning qudrati ularning eter (axborot va signal) hududidagi ekspansiv imkoniyatlari bilan belgilanishi isbotlanishini kuzatish mumkin. Xulosalar davlatlarning geosiyosiy strategiyalarini fundamental qayta anglash va milliy xavfsizlik kontseptsiyalarini eterokratik reallikka moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

eterokratiyageosiyosatkiber kuchaxborot urushitellurokratiyatalassokratiyakognitiv ta’sirkiber makonraqamli infratuzilmadezinformatsiya

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.