Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 85–93-betlar
PARLAMENT FAOLIYATIDA KONSTITUTSIYAVIY JAVOBGARLIK INSTITUTINING NAZARIY-HUQUQIY MAZMUNI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Xusenov, Bekzod
DOI: 10.5281/zenodo.20326099 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada parlamentning konstitutsiyaviy javobgarligi instituti davlat hokimiyatining ajralmas qismi sifatida nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2023-yilgi yangi tahririda mustahkamlangan xalq hokimiyatchiligi g‘oyasi, hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili va parlament nazoratining kengaytirilgan vakolatlari doirasida olib borilgan. Konstitutsiyaviy javobgarlik faqat sanksiya qo‘llash mexanizmi sifatida emas, balki xalq oldidagi vakillik hisobdorligi, qonun ijodkorligi sifati uchun mas’uliyat va davlat hokimiyati organlari muvozanatini ta’minlovchi institutsional vosita sifatida talqin qilinadi. Maqolada Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH va Skandinaviya davlatlari tajribasi qiyosiy-huquqiy yo‘sinda yoritilib, milliy qonunchilikni takomillashtirishga oid asosli takliflar ishlab chiqilgan. Tahlil natijalari parlament nazorati natijadorligini oshirish, deputatlar va senatorlarning hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish hamda qonun loyihalarining konstitutsiyaviy ekspertizasini chuqurlashtirishga doir nazariy va amaliy xulosalarda umumlashtiriladi..
parlament, konstitutsiyaviy javobgarlik, xalq hokimiyatchiligi, parlament nazorati, hokimiyatlar bo‘linishi, deputatlik mas’uliyati, Oliy Majlis, qonun ijodkorligi sifati, vakillik demokratiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.