Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 199–205-betlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARIDA ISO 9001:2015 STANDARTINI JORIY ETISHDAGI TO‘SIQLAR
Safarova, Gulruh, Maqsudov, Bunyod
DOI: 10.5281/zenodo.20389291 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida ISO 9001:2015 xalqaro sifat menejmenti standartini joriy etish jarayonidagi amaliy to‘siqlar va davlat imtiyozlarining samaradorligi aralash metodologiya asosida tahlil qilingan. O‘zstandart agentligining 2022-yil rasmiy statistik ma’lumotlari, oltita asosiy normativ-huquqiy hujjat va xalqaro peer-reviewed jurnallardagi tadqiqotlar tahlil qilindi. Natijalar mahalliy korxonalar duch keladigan to‘siqlarni besh asosiy toifaga ajratish mumkinligini ko‘rsatdi: moliyaviy, tashkiliy-madaniy, hujjatlashtirish, inson resurslari va mintaqaviy moslashuv to‘siqlari. Davlat imtiyozlari ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, 2022-yilda 645 ta korxonaning sertifikatlanganligi past ko‘rsatkichdir. Tadqiqot O‘zbekiston kontekstidagi ilmiy bo‘shliqni qisman to‘ldirib, SMTni joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni beradi.
ISO 9001:2015, sifat menejmenti tizimi, sertifikatlash, O‘zbekiston, davlat imtiyozlari, raqobatbardoshlik, standartlashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.