Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 51–61-betlar
MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHITNI ISHONCHLI TA’MINLASH BO‘YICHA MANZILLI PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Kushbakov, Dilshod
DOI: 10.5281/zenodo.20454274 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mahallalarda xavfsiz muhitni ishonchli ta’minlashga qaratilgan manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy, kriminologik va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda ijtimoiy profilaktika, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ta’lim-ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni natijaga yo‘naltirilgan yagona sikl sifatida qurish zarurligi asoslangan. Maqolada Toshkent shahar Chilonzor tumani “Botirma” MFYda IIV Akademiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga oid amaliy materiallar normativ-huquqiy tahlil bilan uyg‘unlashtirildi. Muallif mahalladagi xavfsizlik profilini shakllantirish, kriminal o‘choqlarni pasportlashtirish, “E-ijtimoiy profilaktika”, “E-nizoli oila”, xizmat planshetlari hamda “Mening inspektorim” mobil ilovasi orqali elektron nazorat va aholining qayta aloqasini kuchaytirish, ijtimoiy moslashtirish dasturlarini individual keys-menejment shaklida yuritish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni ilgari suradi. Xulosa sifatida manzilli profilaktika faqat tadbirlar majmui emas, balki xavfni erta aniqlash, resursni aniq yo‘naltirish, ijrochini nomma-nom belgilash, natijani o‘lchash va aholining ishonchini oshirishga xizmat qiluvchi boshqaruv modeli ekanligi isbotlanadi..
mahalla, xavfsiz muhit, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ijtimoiy profilaktika, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, kriminal o‘choq, “Mening inspektorim”, “E-ijtimoiy profilaktika”, ilmiy xulosa, elektron nazorat, manzilli chora-tadbir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.