Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 79–84-betlar
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI VA KRIPTO-AKTIVLAR: RAQAMLI IQTISODIYOTDA INVESTORLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI
Saatbaeva, Azada
DOI: 10.5281/zenodo.20486367 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida blokcheyn texnologiyalari va kripto-aktivlar muomalasida investorlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi virtual aktivlar bozori kengayishi, moliyaviy firibgarlik xavfi va kiberxavfsizlik muammolarining ortib borishi bilan asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasining kripto-aktivlar sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlari, FATF tavsiyalari, Yevropa Ittifoqining MiCA reglamenti hamda AQSH tajribasi asosida qiyosiy-huquqiy tahlil amalga oshirilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida normativ-huquqiy hujjatlar tahlili, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va analitik yondashuvlardan foydalanildi. Natijalar blokcheyn texnologiyasining shaffoflik, ma’lumotlarning o‘zgarmasligi va markazlashmagan boshqaruv kabi xususiyatlari investorlar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, AML/KYC standartlari, litsenziyalash tizimi, raqamli identifikatsiya va smart-kontraktlardan foydalanish huquqiy xavflarni kamaytirishga xizmat qilishi aniqlandi. Xulosa sifatida milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish investorlar huquqlarini samarali himoya qilishning muhim sharti ekani ta’kidlandi.
blokcheyn, kripto-aktivlar, investorlar huquqlari, raqamli iqtisodiyot, NAPP, smart-kontraktlar, huquqiy himoya, kiberxavfsizlik, huquqiy mexanizmlar, AML/KYC, virtual aktivlar, moliyaviy xavflar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.