Центральноазиатский журнал академических исследований 4-jild 5-son (2026) · 173–180-betlar
YAPONIYADA POLITSIYA TOMONIDAN AHOLI ORASIDA OMMAVIY NOROZILIKKA SABAB BO‘LAYOTGAN HOLATLARNI BARVAQT ANIQLASH VA ULARGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
Omonov, Akromjon
DOI: 10.5281/zenodo.20527850 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yaponiyada politsiya tomonidan aholi orasida ommaviy norozilikka sabab bo‘layotgan holatlarni barvaqt aniqlash va ularga qarshi kurashish faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda Yaponiya politsiya tizimining jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik yo‘nalishlari, xususan, “Koban” va “Chuzaysho” politsiya punktlari faoliyati, aholi kayfiyatini monitoring qilish mexanizmlari, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli axborot muhitini tahlil qilish amaliyoti hamda ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tajribasi o‘rganilgan. Shuningdek, ommaviy noroziliklarni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy omillarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olishda politsiya va jamoatchilik hamkorligining ahamiyati yoritilgan. Yaponiya tajribasi asosida O‘zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Yaponiya politsiyasi, jamoat xavfsizligi, ommaviy norozilik, profilaktika, Koban tizimi, Chuzaysho, ijtimoiy monitoring, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoatchilik bilan hamkorlik, raqamli monitoring, ijtimoiy tarmoqlar, xavflarni barvaqt aniqlash, politsiya faoliyati, jamoat tartibi, profilaktika inspektori.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.